Soha amaliyotlariga muvofiq, biz foydalanuvchilar bizga taqdim etishni tanlagan axborotlarni hamda ilova funksionalligi, xavfsiz ishlashi va odamlar taassurotini yaxshilashga yordam beradigan axborotlarni olamiz. Ilova ichida va veb-saytimizda mavjud maxfiylik siyosatlarimiz boshqa narsalar qatorida biz oladigan axborotlar turlari va ulardan foydalanish maqsadlarini belgilaydi. Bu roʻyxat toʻliq boʻlmasa-da, batafsil axborot olish uchun maxfiylik siyosatlarimiz bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz, quyida siz taqdim etadigan axborotlarni oʻz ichiga oladigan biz oladigan axborotlar turlariga oid ayrim misollar keltirilgan:
Biz maʼlumotlar himoyalanishi taʼminlash uchun odamlar, jarayonlar va texnologiyalarga sarmoya kiritamiz, shunda hamjamiyatimiz oʻzlari yoqtirgan narsalarni ishonch bilan kashf qilishi, tomosha qilishi, yaratishi va ulashishi mumkin boʻladi. Maʼlumotlaringiz haqida gap ketganda, biz maʼlumotlarga faqat biznes va xizmatimiz ishlashi uchun kerak boʻlganlar tomonidan kirishini taʼminlash uchun bir qator nazorat, himoya choralari va avtorizatsiyani tasdiqlash protokollaridan foydalanamiz.
Agar bugun TikTokka qoʻshilsangiz va AQSHdagi foydalanuvchisi hisoblansangiz, himoyalangan maʼlumotlaringiz avtomatik ravishda AQSHdagi Oracle Cloud infratuzilmasida saqlanadi, u biz AQSH foydalanuvchilari maʼlumotlarini himoyalash uchun sozlagan xavfsiz muhit hisoblanadi. Himoyalanadigan maʼlumotlaringiz haqida batafsil bu yerda bilib olishingiz mumkin. Bu maʼlumotlarga ruxsat TikTok U.S. Data Security (USDS) deb nomlanuvchi tekshirilgan va tasdiqlangan tashkilot tomonidan boshqariladi. USDSdan tashqaridan har qanday kirish (biznes metrika yoki ommaviy xavfsizlik kabi) talablarga muvofiqlikni taʼminlash maqsadida tashqi ishonchli texnologiya hamkorimiz tomonidan kuzatiladi. USDS haqida batafsil bu yerda bilib olishingiz mumkin
Biz 2021-yilda rejasini tuzgan maʼlumotlarni boshqarish strategiyasida muvaffaqiyatga erishishda davom etmoqdamiz. Strategiya maʼlumotlarni mahalliy joylashtirish tamoyillariga asoslanadi, mintaqadan tashqariga maʼlumot yuborish minimallashtiriladi va TikTok foydalanuvchi maʼlumotlariga xodimlarning kirishi kamaytiriladi.
Clover lohiyasi – bu tashabbus boʻlib, u orqali biz yondashuvimizni yanada kuchaytirish va maʼlumotlar xavfsizligi masalasida soha standartlariga javob berishdan butunlay yangi standart oʻrnatishga oʻtishni maqsad qilganmiz.
TikTokni ochib, Siz uchun tasmangizga kirganingizda sizga qiziqishlaringiz asosida saralangan videolar oqimi taqdim etiladi, bu esa sizga yoqadigan kontent va ijodkorlarni topishni osonlashtiradi. Bu tasma har bir foydalanuvchiga muayyan foydalanuvchini qiziqtirishi mumkin boʻlgan kontentni yetkazib beruvchi tavsiyalar tizimi asosida ishlaydi. TikTok sehrining bir qismi shundaki, bitta Siz uchun tasmasi yoʻq – turli odamlar bir xil taniqli videolarga duch kelishi mumkin boʻlsa-da, har bir odamning tasmasi unikal va muayyan shaxsga moslashtirilgan.
TikTok videolarni qanday tavsiya qilishi haqida bu yerda batafsil axborot olishingiz mumkin.